Instagram, Telegram va saytingizdagi savollarga katalogingizdan javob beradi: narx, razmer, bor-yo'qligi, manzil. Telefon yig'adi, kerak bo'lsa suhbatni operatorga topshiradi.
Mijoz qayerdan yozsa, AI o'sha yerda javob beradi. Hamma suhbatlar, lidlar va statistika — bitta kabinetda.
Direct'ga yozganlarga javob beradi, postga «narx» deb yozganlarga avtomatik DM yuboradi.
Botingizda yoki shaxsiy akkauntingizda — ish vaqtidan tashqarida ham.
Bir qator kod — saytingizda chat oynasi, mahsulot kartalari bilan.
Mijoz ovozli xabar yoki mahsulot rasmini yuborsa ham javob beradi.
Hamma kanaldagi suhbatlar bir joyda. Operator istalgan payt suhbatni oladi.
Qiziqqan mijozdan raqam oladi, lidni Telegram guruhingizga yuboradi.
Excel katalog yoki openstore / talimtizim — narx va qoldiq doim yangi.
Lotin, kirill yoki rus tilida — mijoz qaysi tilda yozsa, shu tilda.
Manzil, ish vaqti, aksiyalar va Excel katalog (Bito eksporti ham bo'ladi). AI faqat shu ma'lumot bilan javob beradi.
Mijoz bo'lib savol bering, uslub va javoblarni sozlang — ohang, til, uzunlik, operatorga o'tkazish qoidalari.
Instagram, Telegram bot yoki sayt vidjeti — bir necha daqiqa. Operatorlar inbox'dan istalgan suhbatga qo'shiladi.
14 kun bepul sinov. To'lov Click yoki Payme orqali.
Yo‘q. AI faqat siz yuklagan katalog va bilim bazasidagi ma’lumot bilan javob beradi. Bilmagan savolini «Javobsiz savollar»ga yozadi va operatorga o‘tkazadi — o‘zidan narx o‘ylab topmaydi.
«Operator», «odam bilan» desa yoki shikoyat qilsa, AI darhol to‘xtaydi, suhbat «Operator kutmoqda» bo‘ladi va Telegram guruhingizga xabar keladi.
Ulanish Meta’ning rasmiy Instagram API orqali — parolingiz so‘ralmaydi, istalgan payt uzishingiz mumkin.
Biznes ma’lumotlari va katalogni yuklash 15–30 daqiqa. Keyin sinov chatida tekshirib, kanalni ulaysiz.
Limitdan keyin ham bir oz javob beradi, keyin suhbatlar operatorga tushadi. Tarifni istalgan payt oshirish mumkin.
Raqamingizni qoldiring — kabinetni ochib, katalogingizni birga yuklaymiz va birinchi kanalni ulaymiz.